O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi "Hasanxon qori" jome masjidi qayta barpo etildi.
Masjidning avvalgi binosi eskiligi, torligi, kirib-chiqishdagi noqulayliklar va moslashtirilgan binoda joylashgani tashrif buyuruvchilarga qiyinchiliklar tug‘dirayotgandi.
Zamonaviy ko‘rinishda qayta qad rostlagan muhtasham masjidda esa namozxonlar uchun barcha sharoit va qulayliklar yaratildi.
Maskanning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, diniy ulamolar, imom-domlalar, namozxonlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22102 | Инструменты