Huawei 1
Toshkentda yana avtobus tutab ketdi

Ijtimoiy tarmoqda “Mersedes-Benz” rusumli avtobusda tutun hosil bo‘lgani aks etgan video tarqalmoqda. Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati rasmiy munosabat bilidirdi.

Xabarga ko‘ra, holat “Bo‘zsuv markazi – Chilonzor metrosi” yo‘nalishida harakatlanuvchi avtobusda sodir bo‘lgan. Avtobus Bunyodkor shohko‘chasidan harakatlanib borayotgan vaqtida turbonaduv qismidagi nosozlik sababli tutun chiqarish qismidan moy sizib chiqishi oqibatida tutun chiqqan.

Avtobus haydovchisi ushbu holatni ko‘rib, soat 09:40 da “7-avtobus saroyi” filialining navbatchi nozimasiga axborot bergan va avtobus zudlik bilan avtobus saroyiga qaytarilgan. Hozirda “7-avtobus saroyi” filialining texnik mutaxassislari tomonidan avtobusning texnik nosozligi bartaraf etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 sentyabr kuni ham “MAN A22 CNG” rusumli avtobusda tutun chiqish hodisasi kuzatilgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91904 | Инструменты