Toshkentda yangi yo‘l o‘tkazgich tanklar bilan sinab ko‘rildi

Poytaxtdagi Bobur ko‘chasi va "Toshkent" xalqaro aeroportini bog‘lovchi yo‘l o‘tkazgichning birinchi bosqich qurilish-montaj ishlari yakuni bo‘yicha sinov o‘tkazildi.

Sinovga ko‘ra 4 ta avtotreylerga (har biri 35 tonna) 4 ta harbiy tank (har biri 40 tonna) yuklanib yo‘l o‘tkazgichga umumiy 300 tonna yuklama berildi.

Sinov natijalariga ko‘ra yo‘l o‘tkazgich ekspluatatsiya davridagi yuklamaga nisbatan ko‘proq yuklamaga muvaffaqiyatli bardosh berdi va mustahkam ekanligini isbotladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22303 | Инструменты