Huawei 1
Toshkentda yil davomida asosiy ifloslantiruvchi manba shamol tufayli ko‘tariladigan tabiiy chang ekanligi ma'lum bo'ldi

Jahon banki, Ekologiya vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamkorlikda poytaxt havosida mayda RM-2.5 dispers zarrachalarini tashkil etuvchi ifloslanish manbalari hisobotini taqdim etdi.

Unda poytaxt havosi ifloslanishida bizga “ekologiya” deb tushuntirib kelinayotgan chiqindi manbasi ulushi atigi 1% ni tashkil etgan. Toshkentda yil davomida asosiy ifloslantiruvchi manba — bu, shamol tufayli ko‘tariladigan tabiiy chang (36%) omili hamda issiqlik manbasi tashlamalaridir (29%).

2023-yil poytaxt havosida RM-2.5 mayda dispers zarrachalari bilan bog‘liq zararli ifloslanishlar oktyabr oyidan, “kuchliroq” ifloslanishlar dekabrdan boshlab, yanvar oyida yil davomida eng yuqori ifloslanishga yetgan. Birgina yanvarda 19 kun davomida poytaxt havosi eng yuqori zararli ifloslanish “iskanjasida” bo‘lgan. 

Mazkur ifloslanishlar ob—havo muhiti yaʼni antitsiklonal jarayoni hukmron bo‘lgan muddatlarga to‘g‘ri kelgan (eslasangiz o‘shanda qariyib yarim oy anomal sovuq bo‘lgan edi).

"Bu kabi hisobotdan ko‘rish mumkin-ki, poytaxt havosi sifat darajasini barqaror holatga olib kelish uchun biz:

- birinchi navbatda, poytaxt va uning atrofida chang massalarini ko‘tarilib, havoda muallaq turib qolishi oldini olishda qo‘shni Qozog‘iston bilan hamkorlik chora -tadbirlariga kuch berish;

- ikkinchi navbatda, issiqlik elektr stansiyalari, issiqlik manbalari, issiqxona mo‘rilarida gaz-chang tozalovchi filtrlash mexanizmlar shaffof tizimini yaratish;

- uchinchi navbatda, yil davomida deyarli bir xil havoni ifloslantirish taʼsiriga ega avtomobil sektorida jozibador, yashil eko tamoillarga yo‘g‘rilgan transport tarmog‘ini yaratishga kuchni bermog‘imiz lozim", - deya yozgan iqlimshunos. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122319 | Инструменты