Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov 2025-yil 20-may kuni mablag‘ ajratish bo‘yicha qarorni imzoladi.
Qarorga ko‘ra, shahar hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash ishlari bilan bog‘liq xarajatlarni amalga oshirish uchun tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga asosan, tuman Obodonlashtirish boshqarmalariga 2 044,0 mln (ikki milliard qirq to‘rt million) so‘m mablag‘ni ajratish to‘g‘risidagi taklifi maʼqullandi.
Xususan, YTHlarning oldini olish uchun ko‘cha va yo‘llar bo‘ylab temir panjara o‘rnatish uchun 1 mlrd 456 mln so‘m ajratiladi.
Shundan Olmazor tumanida 260 mln so‘m, Shayxontohur tumaniga 156 mln so‘m, Bektemir tumaniga 104 mln so‘m, Yakkasaroy tumaniga 221 mln so‘m ajratiladi. Jami 5600 metrlik panjaralar o‘rnatiladi.
Shuningdek, voyaga yetmaganlar o‘rtasida YTHlarni kamaytirish uchun qavariq piyodalar o‘tish joyi qurishda 588 mln so‘m ajratiladi.
Buning uchun Mirzo Ulug‘bek tumaniga 28 mln so‘m, Yashnobod tumaniga 42 mln so‘m, Olmazor tumaniga 86 mln so‘m, Sergeli, Mirobod, Yunusobod va Shayxontohur tumanlariga esa 70 mln so‘mdan pul ajratiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52100 | Инструменты