Yo‘nalishlar tarmog‘ini maqbullashtirish, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, ertaga, 22-noyabrdan boshlab Toshkentdagi 4ta yo'nalishdagi avtobuslarning harakati o'zgartirilmoqda. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ axborot xizmati xabar bermoqda.
Unga ko'ra. “12-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 74-sonli “Nayman mahallasi – Chilonzor metrosi” avtobus yoʻnalishining harakati Nayman mahallasi bekatidan Ferma bekatigacha uzaytirilmoqda.
Yoʻnalishning Chilonzor metrosi tomon harakati Bunyodkor koʻchasi orqali (Gavhar koʻchasi orqali Olmazor metrosi bekatiga kirmagan holda) oʻzgartirilgan.
Shuningdek, “7-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 141-sonli “Karvon bozori – Paxtakor metrosi” avtobus yoʻnalishining harakati KHAYdan Bogʻiston, Muqimiy, Samarqand darvoza, Qoratosh koʻchalari orqali keying harakati oʻz yoʻnalishi boʻylab oʻzgartirildi.
Undan tashqari, “4-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 161-sonli “Erkin mahallasi – Olmazor metrosi” avtobus yoʻnalishining harakati Erkin mahallasidan Quyoshli qoʻrgʻonigacha uzaytirildi.
2023-yil 23-noyabr kunidan boshlab, “4-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 158-sonli “Quyoshli qo’rg’oni – Do’mbirabod mavzesi” avtobus yoʻnalishining harakati to’xtatildi.