2025 yil 29 may kuni “Islom Karimov” nomidagi “Toshkent xalqaro aeroporti”ning uchib kelish yo‘nalishida “Vladivostok-Toshkent” reysi bilan uchib kelgan S.M. havo kemasi bortida mast holda tamaki mahsulotini chekkanligi, bort kuzatuvchisi Ya.L. tomonidan bortda chakishi mumkin emasligini tushuntirganligi, shundan so‘ng S.M. Ya.L.ga har xil shahvoniy shilqimlik qilib, uning ko‘kraklaridan bir necha bor ushlab tegajonlik qilganligi aniqlangan.
Sud majlisida S.M. o‘z ko‘rsatuvida, huquqbuzarlikni tan olib, bu ishni mast molda bilmasdan qilganini maʼlum qildi.
Sud majlisida jabrlanuvchi Ya.L o‘z ko‘rsatuvida, “Uzbekistan Airways” AJda bortkuzatuvchi bo‘lib ishlashini 29 may kuni “Vladivostok-Toshkent” reysi bilan uchganligini, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatayotgan vaqtida S.M. tamaki mahsulotini chekib ko‘rganligini, chekish mumkin emasligi haqida aytgan vaqtida S.M. unga nisbatan yomon munosabatda bo‘lganligini, har xil shahvoniy shilqimlik qilib, uning ko‘kraklaridan bir necha bor ushlab tegajog‘lik qilganligini, o‘zini to‘g‘ri tutushiga qaramasdan harakatini davom ettirganligini maʼlum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘radi.
Sud qarori ko‘ra erkakka MJtKning 41-1-moddasi 1-qismi bilan uch sutka maʼmuriy qamoq jazosi belgilandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты