Huawei 1
Toshkentdagi Bo‘z suv kanaliga bir yarim yoshli farzandi bilan o‘zini tashlagan ayol qutqarib qolindi

Toshkent shahrida Patrul-post xizmati xodimlari bir yarim yoshli farzandi bilan o‘zini Bo‘z suv kanaliga tashlagan ayolni qutqarib oldi. Voqea joriy yilning 25-aprel kuni soat taxminan 23:00 larda Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan. 

Mazkur hududda xizmat olib borayotgan ikki nafar ichki ishlar xodimi bir ayol qo‘lida bolasi bilan Bo‘z suv kanaliga o‘zini tashlaganini ko‘rib qoladi. Shu chog‘da safdor Elnur Kalikulov o‘ylab ham o‘tirmasadan ona-bolani qutqarish uchun zudlik bilan o‘zini suvga otadi. Kalikulov dastlab bolani suvdan olib chiqqan va qirg‘oq bo‘yida turgan safdoshiga uzatgan. Keyin esa onasini suvdan ko‘targan. Patrul-post xizmati xodimlari darhol shu joyning o‘zida ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishgan. Shundan so‘ng, ularni yaqin oradagi shifoxonaga olib borgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 2003-yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan ayol turmush o‘rtog‘i tashlab ketganligi sabab ruhiy va og‘ir ijtimoiy muammolarga duch kelib, o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan. Hozirda ayol qilgan ishidan qattiq pushaymon ekanligini ma’lum qilmoqda.Shifokorlar ayolni ko‘zdan kechirib, psixologik suxbat o‘tkazdi.

"U ruxiy shok holatida edi. Umuman jismoniy salomatligi joyida edi. Shundan so‘ng ruxiy-asab kasalliklari bo‘yicha shifokorlarni chaqirishga qaror qabul qildik. Hozirda ayol va bolannig hayotiga hech narsa xavf solmayapti, hammasi joyida", - deydi shifokor Sergey Fidorenko.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42607 | Инструменты