Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi ko‘p qavatli uy qurilishida quruvchining boshiga “opalubka” tushib, vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea 2024-yilning 11-mart kuni sodir bo‘lgan.
Yangihayot tumanining “Yangi Darxon” mahallasida King House MCHJ tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning qurilish ishlarida ishlab kelayotgan 2001-yilda tug‘ilgan Sh.B.ning boshiga qurilayotgan uyning 14-qavatidan “opalubka” tushib ketib, vafot etgan, — deyiladi Toshkent shahar prokuraturasi axborotida.
Dastlabki sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, marhumning o‘limiga bosh miya ochiq jarohati, kalla gumbazi asosiy suyaklarining yuz suyaklariga o‘tuvchi sinishlari, boya miya lat yeb majag‘lanishi, umurtqa pog‘onasi va orqa miya yopiq jarohati, oltinchi-yettinchi ko‘krak umurtqalari sinishi, orqa miya lat yeyishi, ko‘krak qafasi yopiq to‘mtoq jarohati, to‘sh suyagi, o‘pkalar lat yeb yorilishlari, bosh sohasi ezilib, yirtilgan yarasi, tashqi va ichki qon yo‘qotish, ichki a’zolari kamqonligi sabab bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122510 | Инструменты