Huawei 1
Toshkentdagi maktabda noma’lum shaxs “qon to‘kilishi” bilan tahdid qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxs tomonidan Toshkentdagi 71-maktab o‘quvchilari xavfsizligiga tahdid qilingan xabarlar tarqaldi. Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat yuzasidan izoh berdi

Qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 71-sonli umumta’lim maktabida ta’lim jarayonlari boshqarma tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Bugun maktabning birinchi va ikkinchi navbatidagi darslar belgilangan jadval asosida o‘tkazildi.


Yuqoridagi anonim yozilgan xabar o‘z isbotini topmadi. Maktab ma’muriyati, milliy gvardiya, psixolog-inspektor ota-onalar va o‘quvchilar bilan tushuntirish ishlarini amalga oshirib, bu kabi asossiz xabarlarga ishonmaslikka hamda doimo hushyor bo‘lishga chaqirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22114 | Инструменты