Adliya vazirligi tomonidan “Fuqaro havo kemalariga roʻyxat belgisini va davlat tanish belgisini hamda boshqa belgilarni qayd etish” Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalari (AR-AIR-002) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3608, 19.02.2025 y.).
Ushbu qoidalarda fuqaro havo kemalariga roʻyxat belgisini va davlat tanish belgisini hamda boshqa belgilarni qayd etish tartibi belgilangan.
Davlat tanish belgisi lotin alifbosining “UK” ikkita harfidan, roʻyxat belgisi besh arab raqamlaridan (masalan, UK 32001) tashkil topadi.
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) veb-saytidagi “Davlat tanish belgilar, milliy gerblar va umumiy havo kemalar belgilari” roʻyxatida davlat tanish belgisi nazarda tutiladi.
Roʻyxat belgisining va davlat tanish belgisining oʻlchamlari
Har bir roʻyxat belgisi va davlat tanish belgisi guruhidagi harflar va raqamlar bir xil balandlikka ega boʻlishi kerak.
Havodan yengil havo kemalaridagi qayd etiladigan harf va raqamlarning balandligi 50 sm dan kam boʻlmasligi lozim.
Havodan ogʻir havo kemalarining qanotlaridagi qayd etiladigan harf va raqamlarning balandligi 50 sm dan kam boʻlmasligi lozim.
Havodan ogʻir havo kemalarining fyuzelyajidagi hamda vertikal dum qanoti yuzasidagi (shu jumladan, vertolyot dum balkasidagi) qayd etiladigan harf va raqamlarning balandligi 30 sm dan kam boʻlmasligi lozim.
Roʻyxat belgisi va davlat tanish belgisini qayd etish uchun qoʻllaniladigan harflar lotin alifbosining bosh harflaridan, raqamlar esa, arab raqamlaridan tashkil topadi. Harf va raqamlar bir xil oʻlchamda, naqshlarsiz boʻlishi lozim.
Fuqaro havo kemasining tashqi konstruksiyasi elementlariga boshqa belgilar (ramzlar, yozuvlar, nishonlar) qayd etiladi.
Bunda, ushbu belgilar fuqaro havo kemasining tashqi yuzasiga roʻyxat belgisi va davlat tanish belgisi koʻrinishini yomonlashtirmaydigan tarzda qayd etiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22207 | Инструменты