Huawei 1
Zlatan Ibragimovichga to‘qqizinchi marta «Oltin tapir» topshirildi

Zlatan Ibragimovichga 9-marta «Oltin tapir» topshirildi. Bu muvaffaqiyatsizliklar uchun hazil tariqasida beriladigan “mukofot”.

Mukofot Striscia la Notizia satirik dasturi tomonidan har hafta berib boriladi. Omadsizlikka uchragan, janjal va mashmashalarga aralashib qolgan taniqli shaxslar dastur nishoniga aylanadi.

Italiya futbol terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionatiga chiqolmaganidan so‘ng bosh murabbiy Manchiniga ulkan tapir haykalini yuk mashinasida keltirib berishgan. Joze Maurinio esa 12 yil farq bilan ikki marta «Oltin tapir»ga loyiq topilgan. Lekin har safar mukofotni keltirgan jurnalistlardan qochib qutulgan.

Ibragimovich 9-tapirni “‎Milan”‎ “‎Feyenoord”ga yutqazib, Chempionlar ligasidan chiqib ketganidan so‘ng oldi. Rossonerilarning kattasi mukofot o‘rinli ekanini tan oldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22208 | Инструменты