Huawei 1
Toshkentdagi ixtisoslashtirilgan maktabda rus tilidagi dars o‘zbek tilida o‘tilganiga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 142-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida rus tilida darslar o‘tiladigan sinflarda o‘zbek tilida saboq berilayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi Ishchi guruhi o‘rganish olib borilgan. Unga ko‘ra, mazkur ta’lim muassasasida tasviriy san’at fanidan 4 soat, informatika fanidan 21 soat rus tilida dars o‘tiladigan sinflarda vakant soatlari mavjudligi aniqlangan. Natijada maktab ma’muriyati o‘quvchilarning dars soatlarini qoldirmaslik uchun vakant soatlarga to‘liq rus tilida so‘zlasha olmaydigan o‘qituvchilarni jalb etishga majbur bo‘lgan.

Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida maktab ma’muriyati tomonidan O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga xat bilan murojaat qilingan. Tez orada mazkur muammoni ijobiy hal qilish uchun zarur choralar ko‘rilmoqda.

Ma’lumot uchun, ayni paytda 142-maktabda jami 53 ta sinf mavjud bo‘lib, shulardan 37 tasida rus, 16 tasida o‘zbek tilida ta’lim yo‘lga qo‘yilgan. Yangi o‘quv yili oldidan 17 nafar yosh o‘qituvchi ishga qabul qilingan. Jami o‘qituvchilar soni 75 nafarni tashkil etadi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Toshkentdagi maktabda ichki ishlar xodimi qo‘lida qaychi bilan o‘quvchilar sochini tekshirgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60421 | Инструменты