Toshkentdagi maktabda ichki ishlar xodimi qo‘lida qaychi bilan o‘quvchilar sochini tekshirdi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 142-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 10-sentabr kuni ichki ishlar xodimi qo‘lida qaychi bilan o‘quvchilar sochini tekshirgani aytildi. Bunga shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 142-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ichki ishlar organlari xodimlari, maktab ma’muriyati hamda o‘quvchilar o‘rtasida "Davomat" va "Tig‘" tadbirlari bo‘yicha profilaktik suhbat o‘tkazilgan.

Shuningdek, tadbir jarayonida 11-sinf o‘quvchisi B.M. yonida g‘ilofsiz holda kansellariya qaychisini olib yurganligi aniqlangan. Maktab o‘quvchilariga sovuq qurol, jumladan o‘tkir tig‘li buyumlarni olib yurish taqiqlanganligi, kansellariya qaychisini darsda foydalanish uchun g‘ilofda, sumkada olib yurish mumkinligi tushuntirilganligi aks etgan foto ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

Profilaktik suhbat jarayonida maktab direktori tomonidan o‘quvchilarga maktabda kiyinish qoidalari, tashqi ko‘rinishga ahamiyat berish kerakligi tushuntirilgan.

Holat yuzasidan shahar Xalq ta’lim bosh boshqarmasi ham rasmiy munosabat bildirdi

Unga ko'ra, 10-sentabr kuni darsdan so‘ng, maktabning ma’naviyat xonasiga ta’lim muassasasi direktori M.M. va ma’naviyat-ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari V.X. hamda sinf rahbarlari birgalikda Vazirlar Mahkamasi talablariga rioya qilmagan (odob-ahloq qoidalari, ta’lim dargohida o‘zini tutish tartiblarini buzgan, sochi 2-3 santimetrdan uzun bo‘lgan) yuqori sinf yigitlarini taklif etgan.

Taklif etilgan yuqori sinf o‘quvchilari bilan maktab direktori hamda profilaktika inspektor-psixologi tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Shuningdek, inspektor-psixolog tomonidan maktabning yuqori sinf o‘quvchilari orasida "Tig‘" tadbiri ham o‘tkazilgan.

Tadbir chog‘ida o‘quvchining maktab sumkasidan qaychi topilgan. Topilgan qaychi inspektor-psixolog tomonidan barcha o‘quvchilarga namoyish qilingan holda, bunday kanselyariya qaychisi o‘ziga mo‘ljallangan maxsus g‘ilofda olib kelinishi kerakligi haqida tushuntirish ishlari olib borilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50119 | Инструменты