Toshkentning eng katta bog'laridan bo'lgan "Yangi O‘zbekiston" va "Ashxobod" parklari vaqtinchalik yopildi.
Xususan, "Yangi O'zbekiston" bog‘i 5–11-dekabr kunlari mehmonlarni qabul qilmaydi. Bu haqda bog‘ ma’muriyati ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, shu kunlari bog‘da profilaktika ishlari olib boriladi. Ma'muriyat noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘ramoqda.
Shuningdek, shahar markazidagi "Ashxobod" sayilgohi ham ish faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatdi.
Bu haqda bog‘ ma’muriyati Instagram sahifasida xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu sayilgoh Yangi yil tayyorgarligi munosabati bilan 5-dekabrdan 15-dekabrgacha yopildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты