Toshkent – Fukuok yo‘nalishidagi 9S-1021 reysi 21-fevral kuni soat 23:55 da jo‘nashi rejalashtirilgan edi, biroq texnik sabablarga ko‘ra kechiktirildi.
Uchish vaqtida ekipaj shassi tebranishini sezib, xavfsizlik qoidalariga muvofiq, to‘g‘ri va professional qaror qabul qilib, parvozni to‘xtatdi. Samolyot terminalga qaytarilib, muhandislar tomonidan batafsil tekshiruvdan o‘tkazildi.
Tekshiruv natijasida muayyan detallarning almashtirilishi zarur ekani aniqlandi va hozirda ushbu ishlar amalga oshirilmoqda. Nosozlik bartaraf etilgach, samolyot qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Aviatsiya qoidalariga muvofiq, yo‘lovchilar mehmonxonaga joylashtirildi. Taxminiy jo‘nash vaqti – 22-fevral, soat 22:00 (mahalliy vaqt).
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Toshkentdan Jiddaga uchayotgan reys Bahraynga favqulodda qo‘nishni amalga oshirgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22221 | Инструменты