4 oyda 3055 kishi Toshkent shahridan boshqa viloyatlarga doimiy yashashga ko‘chib ketgan
2022-yil yanvar-aprel oylarida Toshkent shahridan respublikaning boshqa hududiga doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketganlar soni 3055 kishini tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati ma'lum qildi.
Qo'mita xabariga ko'ra, Toshkent shahridan ko‘chib ketish o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 433 kishiga (12,4 foizga) kamaygan.
Toshkent shahridan hududlarga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlar soni:
— Toshkent viloyati – 2274 kishi
— Qashqadaryo viloyati – 131 kishi
— Xorazm viloyati – 79 kishi
— Surxondaryo viloyati – 78 kishi
— Buxoro viloyati – 76 kishi
— Samarqand viloyati – 73 kishi
— Navoiy viloyati – 58 kishi
— Qoraqalpog‘iston R. – 57 kishi
— Andijon viloyati – 55 kishi
— Jizzax viloyati – 55 kishi
— Farg‘ona viloyati – 52 kishi
— Sirdaryo viloyati – 36 kishi
— Namangan viloyati – 31 kishi
Alpha version: 0.9.1.19 build 50908 | Инструменты