“Yutong Co. Ltd.” kompaniyasi tomonidan O‘rta Osiyo mamlakatlari uchun ishlab chiqarilgan 10 000 chi avtobus “Toshshahartransxizmat” AJga topshirildi.
2025-yil 26-iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasining “Yutong Co. Ltd.” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 10 000-avtobus o’zining munosib foydalanuvchisiga topshirildi. Marosimga O‘rta Osiyo davlatlaridan jamoat transporti sohasiga aloqador idora va tashkilot vakillari, xodimlari tashrif buyurishdi.
“Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyatidan mas’ul xodimlar ham ushbu tashkil etilgan tadbirda ishtirok etib, 10 000-avtobusni xarid qilishga muvaffaq bo'ldilar.
Ma’lumot uchun aytib o'tamiz, yaqin kunlarda Toshkent shahriga “Yutong Co. Ltd.” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 200 dona yangi elektrobuslar olib kelinishi kutilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72206 | Инструменты