Huawei 1
Toshkentga kirib kelayotgan avtomashina yo‘lovchisining yonidan taqiqlangan modda topildi

Toshkent shahriga kirib kelayotgan Lexus avtomashinasi yo‘lovchisining yonida taqiqlangan modda borligi aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 15-sentyabr kuni soat 21:00 larda Bektemir tumaniga xizmatga jalb qilingan YPX inspektorlari tomonidan Lexus avtomashinasi to‘xtatilib tekshirilganda yo‘lovchisi 27 yoshli Shaxboz ismli shaxsning ko‘rinishi va xatti-harakatlari, xodimlarda shubha uyg‘otgan. 2 nafar xolislar ishtirokida tekshirilganda uning yonidan jigar rangli, o‘tkir hidli mumsimon  narkotik moddasiga o‘xshash modda topilgan. 

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro hamda aniqlangan modda Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91905 | Инструменты