Toshkent shahri hokimi poytaxtda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish uchun 2 milliard 44 million so‘m ajratish to‘g‘risida qaror imzoladi.
Mablag‘ning 1 mlrd 460 mln so‘mi ko‘cha va yo‘llar bo‘ylab temir panjara o‘rnatish uchun, 588 mln so‘mi esa qavariq (ko‘tarilgan) piyodalar o‘tish joylarini tashkil etish uchun tuman Obodonlashtirish boshqarmalariga o‘tkaziladi.
Qavariq piyodalar o‘tish joylari shaharning 42 ta joyida tashkil etiladi. Bunda har bir shunday joy uchun 14 mln so‘mdan ajratilgan. Bu turdagi piyodalar o‘tish joyi Olmazor tumanida 6 ta, Shayxontohur, Yunusobod, Sergeli Mirobod tumanlarida 5 tadan, Bektemir tumanida 4 ta, Yashnobod va Chilonzor tumanlarida 3 tadan, Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy va Yangihayot tumanlarida esa 2 tadan bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52119 | Инструменты