Huawei 1
Toshkentning 6 ta tumanida elektr energiyasidan uzilish sodir bo'layotgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Yakkasaroy, Mirobod, Yashnobod, Yunusobod, Chilonzor va Sergeli tumanlarida 7-8 kundan beri har kuni elektr energiyasidan uzilish sodir bo'layotganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi. «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha maʼlumot berdi.

Xabaringiz bor, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi katta avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida poytaxt tumanlaridagi podstansiyalarda mavjud yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida rejaga asosan ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Xususan, yillik rejaga asosan Yakkasaroy, Mirobod, Yashnobod, Yunusobod, Chilonzor va Sergeli tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 35/10/6 kV boʻlgan «Astronomicheskaya», «Qodiriy», «Vodilt» hamda «Sazit» podstansiyalaridagi mavjud yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarini yangilash, modernizatsiya qilish ishlari ham rejaga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Elektr energiyasidagi yuklamani teng taqsimlash maqsadida, iste’molchilarni podstansiyadagi mavjud ikkinchi transformatorga o'tkazilib, taʼmirlash ishlari kunduz kuni elektr energiyasi yetarli bo'lgan vaqtdagina olib borilmoqda.

Yillik rejaga muvofiq yuqorida keltirib keltirib o`tilgan podstansiyalarda olib borilayotgan mukammal taʼmirlash ishlari yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida favqulodda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan avariyali holatlarni oldini olish hamda iste'molchilarni sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlashga qaratilgan.

Shu sababli, mazkur tuman hududlaridagi ayrim aholi yashash xonadonlarida elektr ta'minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.

Ayni vaqtda, Yakkasaroy, Mirobod, Yashnobod, Yunusobod, Chilonzor va Sergeli tumanlaridagi iste'molchilar elektr ta’minoti bilan to'liq ta'minlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102518 | Инструменты