Huawei 1
Toshkentning ayrim bozorlarida iste’molga yaroqsiz mahsulotlar aniqlandi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, poytaxtning ayrim bozorlarida o‘rganish ishlari olib borildi va organoleptik xususiyati o‘zgargan mahsulotlar yo‘q qilindi.

Qayd etilishicha, mutaxassislar tomonidan Mirobod dehqon bozori hamda “Beshqo‘rg‘on” MCHJga qarashli bozorning sanitariya holati va mahsulotlarning sifati o‘rganilgan. Natijada butunligi buzilgan, iste’molga yaroqsiz holga kelgan 12 kg banan, 58 kg pomidor, 23 kg bulg‘or qalampiri, 5 kg shaftoli hamda 5 kg gulkaram mahsulotlari tegishli tartibda savdodan olinib, brakeraj qilingan.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, avvalroq, “Food City” dehqon bozoridagi qovunlar iste’molga yaroqsiz ekani ma’lum qilingan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11513 | Инструменты