Huawei 1
Toshkentning to‘rtta tumanida issiq suv o‘chirilishi 22-aprelgacha davom etadi

“Toshkent shahar ETK” AJ xabariga ko’ra: 2025-yilning 18-apreldan 22-aprelgacha 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan L-DOK-1 va L-DOK-2 tarmoqlari bir vaqtning o‘zida o‘chiriladi (L-DOK-1 tarmog‘i kechasi yoqiladi):

L-DOK-2 — 39-sonli ustundan 61-sonligacha bo‘lgan oraliqda simlarni yechish va yangidan o‘rnatish ishlari;
L-DOK-1 — ishlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida tarmoq o‘chiriladi, natijada Chuqursoy, Beshkurgan va IM-4 podstansiyalari butunlay elektr ta’minotidan uziladi.

Ushbu uzilish davrida IM-4 podstansiyasi elektr energiyasi bilan ta’minlanmaydi, bu esa unga ulangan mahalliy qozonxonalar faoliyatining vaqtincha to‘xtatilishiga olib keladi.

Shu sababli 18–22-aprel kunlari quyidagi ko‘chalarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

Amir Temur, Mustaqillik prospektlari, Ahmad Donish, Sharof Rashidov, Ya. G‘ulyamov, Shahrisabz, Shastri, Yangishahar, Dehqonobod, Sohibkor, Katta xalka yo‘li, Shahriston, Uch qahramon, Moyqo‘rg‘on, Rixsili, Yangi Yunusobod, Yunus ota, Jumamasjid, Osiyo, Bog‘ishamol, Minor 1-tor, Chingiz Aytmatov, Kichik xalqa yo‘li, Hamid Olimjon, Mingo‘rik, Abdulla Qodiriy, Bodomzor, Ko‘rgazma, Qozitarnov, Girgirtepa, Shivli, Shuhrat, Bog‘iravon, Mukarram Turg‘unboyeva, Gulsaray, Sebzar, Oltinsoy, Shimoliy, Olmazor, Zulfiyaxonim, Labzak, Nurafshon, Qoraqamish, Talabalar, Universitet, Beltepa, Farobi, Beruniy, Muxbir, Mirzo G‘olib, Shifokorlar va boshqa ko‘chalar.

Shuningdek, quyidagi mavzelarida ham cheklovlar bo‘lishi mumkin: Beltepa, Ibn Sino-1,2, Jarariq, Qamarniso, Beshqo‘rg‘on (1–4), Olimpiya, Shifokorlar shaharchasi, Talabalar shaharchasi, bundan tashqari, O‘zMU, TDTU hududlari, Yunusobod mavzusi (1–19, S-1,2,4,5,6,12,15,17,18-kvartallar), Sebzor, Taxtapul, Qoraqamish 1/1-, 1/2-, 1/3-, 1/4-, 2/1-, 2/3-, 2/4-, 2/5- mavzelari, Hamid Olimjon maydoni, Maxtumquli ko‘chasi va boshqalar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42006 | Инструменты