Toshkentning Yashnobod, Bektemir va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlarida elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi

Bugun, 8-iyun kuni Toshkent shahrining Yashnobod, Bektemir va Chilonzor tumanlari hududidagi qisman aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi soat 10:00 dan 18:00ga qadar vaqtincha oʻchiriladi.

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini taʼminlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariya holatlarini oldini olish maqsadida:

Bektemir tumanining “Iyk ota” MFYning Ma’rifat va Hurriyat ko‘chalari hamda “Oltintopgan” MFYning Oltintopgan ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;

Yashnobod tumanining Baku, Boysun, G‘ijduvon, Hovot, Marv, M.Ashrafiy, Tuzel 1-mavzesi, Sialkova, Parkent, Oltintepa, S.Azimov, To‘ytepa, Istiqbol va Qashqadaryo ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;

Chilonzor tumanining Nurxon, Afshona hamda Qo‘shchinor ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi vaqtincha oʻchiriladi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты