Huawei 1
"Toza havo" oyligi: respublika miqyosida avtotransport vositalari ekologik nazoratdan o'tkazilmoqda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi hamkorligida respublika bo'ylab "Toza havo" oyligining birinchi bosqichi boshlandi.

"Toza havo" oyligi "Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida” hamda “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi qonunlar ijrosini taʼminlash maqsadida 2 bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqich 10-apreldan 10-maygacha, ikkinchi bosqich 10-avgustdan 10-sentyabrgacha (Toshkent shahrida 10-sentyabr — 10-oktyabr) davom etadi.

Tadbir davomida respublikamizning barcha hududlaridagi yoʻl-patrul maskanlarida, viloyat, tuman (shahar)larning markaziy koʻchalarida benzin, dizel, tabiiy siqilgan va suyultirilgan gazda harakatlanadigan avtotransport vositalarining atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli gazlar miqdori maxsus asbob-uskunalar orqali koʻrikdan oʻtkaziladi. Ekologik nosoz deb topilgan transport vositalari haydovchilariga tegishli choralar ko‘rilib, nosozlik bartaraf etilmaguncha transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi.

Ma'lumot uchun, "Toza havo" oyligi texnika vositalaridan atmosfera havosiga me'yoridan ortiq zararli tashlamalar chiqarilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida doimiy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.  Xususan, o‘tgan 2023-yilda 318 556 ta avtotransport vositasi ekologik nazoratdan oʻtkazilgan va atmosferaga jami 209 232 tonna ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining oldi olingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga