Huawei 1
"Toza qo'llar" dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari belgilandi

“Sog'liqni saqlash va ta'lim tashkilotlarida ichimlik suvi hamda sanitariya-gigiena infratuzilmasini kengaytirishga qaratilgan "Toza ko'llar" dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi Hukumat qarori (297-son, 06.05.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, "Toza qo'llar" dasturi doirasida sog'liqni saqlash va ta'lim tashkilotlarida:

—  sanitariya-gigiena vositalari bilan yetarli miqdorda ta'minlanadi;

—   ichimlik suvi ta'minoti va sanitariya-gigiena obyektlari (hojatxona) infratuzilmasi yaxshilanadi, ular binoning ichki qismida joylashtiriladi;

—   aholi, jumladan, bolalar o'rtasida shaxsiy gigiena odatlarini shakllantirish va unga rioya qilish bo'yicha targ'ibot ishlari amalga oshiriladi.

Davlat sarmoyalarini boshqarish geoportali ma'lumotlaridan foydalangan holda umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarining sanitariya-gigiena infratuzilmalarini yaxshilash bo'yicha manzilli dastur shakllantiriladi.

Shuningdek, umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarini xalqaro tajriba asosida suv ta'minoti, sanitariya va gigienaning "Uch yulduzli yondashuv" metodikasi asosida baholash tizimi yo'lga qo'yiladi.

Ma'lumot uchun: Prezident Farmoniga muvofiq, 2025-yil 1-maydan barcha sog'liqni saqlash va ta'lim tashkilotlarida  «Toza qo'llar» dasturi amalga oshirilishi belgilangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50814 | Инструменты