Huawei 1
Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi o‘zbekistonliklarga ogohlantirish bilan chiqdi. Bu haqda konsulxonaning rasmiy Telegram-kanalida xabar qilindi.

Qayd etilishicha, so‘nggi paytlarda ayrim jinoiy guruhlar O‘zbekiston fuqarolariga katta pul mukofoti va’da qilib, ularni Yevropa Ittifoqiga, asosan Gretsiyaga noqonuniy muhojirlarni dengiz orqali o‘tkazishda vositachi sifatida ishlatishga harakat qilmoqda.

Hozirda bunday noqonuniy faoliyatga jalb qilingan fuqarolar Turkiya qonunchiligiga ko‘ra jinoiy javobgarlikka tortilmoqda va uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilmoqda.

Noqonuniy migratsiyaga ko‘maklashishning oqibatlari:

  • 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi;
  • Og‘ir jarimalar va deportatsiya;
  • Turkiyada doimiy yashash va ishlash huquqidan mahrum bo‘lish;
  • Turkiya va Yevropa mamlakatlariga kirish taqiqlari.

O‘zbekiston Respublikasining Istanbuldagi Bosh konsulxonasi fuqarolardan turli noqonuniy va’da va tavsiyalarga ishonmaslikni qat’iy tavsiya qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22219 | Инструменты