So‘nggi kunlarda Istanbul shahrida turli norozilik namoyishlari va ommaviy yig‘ilishlar o‘tkazilayotgani sababli Bosh konsulxona Turkiyadagi o‘zbekistonliklarni ehtiyotkorlikka chaqirdi.
Aytilishicha, Turkiya huquq-tartibot idoralari ijtimoiy tarmoqlarda “provokatsion postlar” joylashtirgan 261 kishini aniqlagan va 37 kishini hibsga olgan. Shu sababli ijtimoiy tarmoqlarda har qanday xabar yoki fikr bildirishda juda ehtiyotkor bo‘lish kerakligi aytilgan.
Xavfsizlikni taʼminlash uchun quyidagilarga amal qilish zarur:
“Sizning xavfsizligingiz biz uchun muhim! Iloji boricha ehtiyot bo‘ling va huquq-tartibot idoralarining ko‘rsatmalariga rioya qiling”, deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32110 | Инструменты