Huawei 1
Turkiyaga chiqib ketgan o‘zbekistonlik yigit bedarak yo‘qoldi

Turkiyaga ketgan o‘zbekistonlik yigit bedarak yo‘qolgani aniqlandi. Bu haqda O'zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, yaqin qarindoshlarining murojaatiga ko‘ra, 2022-yil oktyabr oyida O‘zbekistondan Turkiyaga chiqib ketgan va bedarak yo‘qolgan 1999-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan Doston O‘ktam o‘g‘li Norsaidov qidirilmoqda. 

U to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaga (0212) 323-20-37 telefon raqami yoki uzbekconsul@yahoo.com orqali xabar berish so‘raldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91904 | Инструменты