Huawei 1
Uchta bankning 148 nafar xodimi tadbirkorlik bilan shug‘ullangani aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, davlat muassasalari va tashkilotlar xodimlarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish holatlari yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, “Mikrokreditbank” ATB, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB hamda “Turonbank” ATB va ularning tizim tashkilotlari o‘rganilganda ularning 148 nafar boshqaruv xodimi 155 ta tadbirkorlik subyektida taʼsischilik asosida faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlandi.

Jumladan, “Mikrokreditbank” ATBning 94 nafar boshqaruv xodimi 96 ta tadbirkorlik subyektida, “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning 41 nafar boshqaruv xodimi 46 ta tadbirkorlik subyektida hamda “Turonbank” ATBning 13 nafar boshqaruv xodimi 13 ta tadbirkorlik subyektida taʼsischi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.

Yuqoridagi qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha agentlik tomonidan mazkur banklarga taqdimnomalar kiritildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122118 | Инструменты