Raqobat qo‘mitasi Umra tadbirini tashkil etishga oid reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan 3 ta turoperator, 9 ta telegram va instagram kanallari maʼmurlariga choralar ko‘rildi.
Jumladan, Navoiy viloyati hamda Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan jami 3 ta, yaʼni "MUS ALI TOUR", "Amirxan Travel" va "TRAVEL ATA" MCHJlarning turoperatorlariga nisbatan litsenziya hujjatlari mavjud bo‘lmagan holda reklamalar joylashtirgani va bu bilan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablarini buzgani yuzasidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, yakunlari bo‘yicha moliyaviy jarimalar qo‘llanildi.
Shuningdek, Qo‘mitaning Farg‘ona , Namangan, Toshkent viloyatlari hududiy boshqarmalari tomonidan jami 9 ta ("Farg‘ona tour 2022", “Saidislom”, "SUX Umra ziyorati", "Musaffo Travel" , “Haj_2025” , "Shaxand ва qo‘shni hududlar" , "Leaf travel") telegram va instagram kanallari maʼmurlari hamda "Mustafa Travel" MCHJ tomonidan berilgan reklamalarda ham yuqoridagi kabi qonunchilik talablari buzilishi yuzasidan mansabdor shaxslari maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
Ushbu o‘rganish yakunlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilishi taʼminlanadi, deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 101513 | Инструменты