Umra ziyoratini tashkil etishga ruxsat berilgan turfirmalar ro‘yxati e’lon qilindi

Turizm qo‘mitasining xabar qilishicha, joriy yilning 1-noyabridan “Umra” tadbirini tashkil etish bo‘yicha yangi talablar kuchga kirgan.

Qayd etilishicha,"Umra" tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid turizm xizmatlarini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan taqdirda, litsenziya talabgori 100 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining Xavfsiz turizm jamg‘armasi uchun ochilgan bank rekvizitiga zaxira qilishi kerak bo‘ladi.

"Hurmatli yurtdoshlar, “Umra” ziyoratiga borishda maxsus litsenziyaga ega bo‘lmagan turoperatorlar xizmatidan foydalanishda ogoh bo‘lishni va keyinchalik turli xil ko‘ngilsiz xolatlarga tushib qolmaslik uchun litsenziyaga ega bo‘lgan turoperatorlar bilan hamkorlikda ishlashni tavsiya etamiz", deyiladi qo‘mita xabarida.

Mazkur ro‘yxatda turoperatorlar ro‘yxat va ishlash sifati bo‘iyicha saralangan. Reytingda Turfirma xodimlari tajribasi hamda muomala madaniyatidan qoniqishi, ziyorat haqida ma’lumotlarni taqdim etishidan qoniqish, ziyorat dasturidan qoniqish kabilarga baho berilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты