Yevropa Konferensiyalar ligasi yarim finalining javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
«Chelsi» (Angliya) o‘z maydonida «Yurgorden» (Shvetsiya)ni yengib, «Betis» (Ispaniya) mehmonda «Fiorentina» (Italiya) bilan durang o‘ynab, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, finalga yo‘l oldi.
Yevropa Konferensiyalar ligasi. Yarim final
Chelsi — Yurgorden — 1:0
Gol: Holl (38)
Birinchi o‘yin — 3:1.
Fiorentina — Betis — 2:2
Gollar: Gosens (34, 42) — Antoni (30), Abde (97)
Birinchi o‘yin — 1:2.
28-may kuni Polshadagi «Vrotslav Arena»da o‘tadigan YKL finalida «Chelsi» va «Betis» qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lamiz.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51000 | Инструменты