Huawei 1
Rossiya va Xitoy strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bayonotni imzoladi

Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda 8 may, payshanba kuni Kreml matbuot xizmati xabar qildi. Si Szinpin Rossiya Federatsiyasiga Ikkinchi jahon urushi tugaganining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar munosabati bilan tashrif buyurdi. Bu uning Rossiyaga o‘n birinchi safaridir.

Muzokaralar yakunida Putin va Si Szinpin Rossiya va Xitoyning «yangi davrda keng qamrovli sheriklik va strategik hamkorlik munosabatlarini yana-da chuqurlashtirish to‘g‘risida»gi qo‘shma bayonotini imzoladilar», deyiladi Kreml xabarida. Bundan tashqari, ikki tomonlama hukumatlararo va idoralararo hujjatlar paketi imzolandi.

«Bugungi muzokaralarda siyosat va xavfsizlik sohalaridagi o‘zaro hamkorlik, iqtisodiy aloqalar, madaniy-gumanitar almashinuvlar atroflicha muhokama qilindi», — dedi Putin. Uning so‘zlariga ko‘ra, sanoat ishlab chiqarishi, transport, logistika, qishloq xo‘jaligi va tog‘-kon sanoati sohalarida umumiy qiymati taxminan 200 milliard dollar (176 milliard yevro) bo‘lgan 90 ga yaqin ikki tomonlama loyihalar amalga oshirilmoqda yoki amalga oshirishga tayyorlanmoqda. Moskva va Pekin hisob-kitoblarni milliy valyutalarga o‘tkazish bo‘yicha qadamlarni muvofiqlashtirmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50923 | Инструменты