Urganch shahrida jamoat transporti harakatlanishi uchun alohida yo‘laklar tashkil etish ishlari boshlandi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Mazkur ishlar Prezidentning “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–59-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Urganch shahrining transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha Xorazm viloyati transport boshqarmasi tomonidan amalga oshirildi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda shaharning Tinchlik ko‘chasida Pahlavon Mahmud ko‘chasi chorrahasidan Abulg‘ozi Bahodirxon ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan yo‘lning 0,7 km qismida jamoat transporti uchun alohida yo‘lak tashkil etildi.
Eslatib o'tamiz, 2021-yilning yanvar oyida avtobus, yo'nalishli taksi, tez tibbiy yordam, o't o'chiruvchi mashinalar harakati uchun Toshkent shahridagi 10 ta ko'chalarda alohida ajratilgan yo'laklar tashkil etish boshlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42002 | Инструменты