Ijtimoiy tarmoqlarda Urgut tumani Uzunsoy mahallasidagi ko‘prikni sel olib ketgani haqida xabarlar tarqaldi.
Holat yuzasidan tuman hokimligi izoh berdi.
Qayd etilishicha, ushbu ko‘prik 1974-yillarda mahalliy aholi tomonidan hashar yo‘li bilan qurilgan bo‘lib, ayni kunlarda hududlarda kuzatilayotgan mavsumiy yog‘ingarchilik oqibatida soyning qirg‘oq qismi yuvilishi natijasida ko‘prik ustidagi yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar pastga qulab tushgan. Soydan hech qanday kuchli sel oqimi oqib kelmagan va atrofdagilarga zarar yetmagan.
Hozirda tuman hokimligi tashabbusi bilan ko‘prikni qayta tiklash ishlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, aholiga qisqa fursatlarda foydalanishga topshirish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122512 | Инструменты