Huawei 1
USAID O‘zbekistonda taʼlimni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 6,1 mln dollar ajratdi

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan davom etayotgan Rivojlanish maqsadlari bo‘yicha grant shartnomasi (DOAG) doirasida qo‘shimcha moliyalashtirish uchun 6,1 million dollar ajratdi. Shu tariqa DOAG‘ga jami investitsiya 47 million dollardan oshdi, deb xabar qildi AQSHning Toshkentdagi elchixonasi.

Yangi mablag‘ boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining asosiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradigan dasturlarni kuchaytiradi va 8−11-sinf o‘quvchilarini ishga joylashish va kelajak iqtisodiyotida ishtirok etish uchun zaruriy tadbirkorlik va iqtisodiy ko‘nikmalar bilan taʼminlaydi, deyiladi xabarda.

Besh yillik DOAG shartnomasi 2019 yilda imzolangan. USAID‘ning O‘zbekiston taʼlim sohasiga kiritgan sarmoyalari boshlang‘ich sinflarda o‘qish va matematika ko‘nikmalarini oshirish, ingliz tilida erkin muloqot qilishni yaxshilash, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari ko‘nikmalarini rivojlantirish va ishga joylashish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.

"Taʼlimga sarmoya kiritish — bu har kim uchun porloq kelajakka sarmoya kiritishdir, — dedi USAID‘ning O‘zbekistondagi missiyasi direktori Devid Hofman. — Sifatli taʼlim berish orqali biz nafaqat bolalarni zarur ko‘nikmalar va bilimlar bilan taʼminlaymiz, balki yana-da farovon, teng va barqaror jamiyatga yo‘l ochamiz. Taʼlimga sarflangan har bir dollar — bu barchamiz uchun yaxshiroq kelajakni qurishga qaratilgan qadamdir".

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92112 | Инструменты