“UzAuto Motors” avtomobillar uchun tuzilgan shartnomalarda mashinalar narxi o‘zgarsa, qo‘shimcha mablag‘ to‘lash haqida tarqalgan xabarlarga izoh berdi
"UzAuto Motors" Ijtimoiy tarmoqlarda "UzAuto Motors" avtomobillar uchun tuzilgan shartnomalarda mashinalar narxi o‘zgarsa, qo‘shimcha mablag‘ to‘lash lozimligi haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan kompaniya axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Yangilangan Chevrolet Captiva avtomobili uchun shartnoma tuzish boshlangandan so’ng, ijtimoiy tarmoqlarda shartnomadagi avtomobil narxi o’zgarishi mumkinligi to’g’risida keltirilgan bir band muhokamaga qo’yildi. Keltirilishicha, kompaniya, 2019-yildagi kelishuvni buzgan holda, yana shartnomaga yetkazib berilgan avtomobil uchun narxning oshishi mumkinligi to’g’risidagi bandni qayta kiritgan.

"UzAuto Motors" esa shartnomada bir tomonlama narxlarni oshirish haqida hech qanday band yo'qligini rasman e’lon qildi.
Qayd etilishicha, shartnomaning 2.4 bandi hozirgidek kabi ilgari ham bo‘lgan. Ushbu bandda keltiriladiki, qo‘shimcha to‘lov faqatgina avtomobil komplektatsiyasi o‘zgargandagina amalga oshiriladi.
“Bundan ko‘rinib turibdiki, xabar mualliflari ushbu band, shuningdek, shartnomaning navbatdagi bandlari bilan to‘liq tanishishmagan. 2.4.1 va 2.4.3 bandlariga ko‘ra, agar komplektatsiya e’lon qilingandan farq qilsa, xaridor to‘lovni qaytarish sharti bilan avtomobil xarididan voz kechishi yoki uni almashtirish huquqiga ega”, — deyiladi munosabatda.
Ma’lum qilinishicha, 2.4-band avtomobil komplektatsiyasi o‘zgarishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda mijoz uchun bir nechta takliflarni taqdim etadi. Ushbu shartnomada xaridor huquqlari himoyalangan va agar mijoz qo‘shimcha to‘lov qilishni xohlamasa, unda har doim tanlov huquqi bor: u xarid qilishdan voz kechib, pulni qaytarib olish yoki avtomobilni mos keladigan modifikatsiyaga almashtirishni talab qilish huquqiga ega.
Shuningdek, UzAuto Motors shartnomaga muvofiq keltirilgan komponentlarga ko‘ra avtomobil narxi oshmasligini eslatib o‘tgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты