Huawei 1
UzAuto Motors zavodida so‘nggi Chevrolet Lacetti avtomobili ishlab chiqarildi

Asakadagi UzAuto Motors zavodida oxirgi Chevrolet Lacetti avtomobili ishlab chiqarildi.

U avtomobil korxonasi tarixidagi so‘nggi Lacetti (Gentra) sifatida yodda qoladi. Qayd qilinishicha, zavod jami 487 ming 104 ta shunday avtomobil ishlab chiqargan.

Chevrolet Lacetti ishlab chiqarish 2013 yilda boshlangan. Dastlab yiliga 11 mingdan ortiq avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2023 yilda bu ko‘rsatkich qariyb 90 mingga yetgan edi.

Zavod ushbu avtomobilni ishlab chiqarishni 2024 yil yanvar oyidan to‘xtatishni rejalashtirgan edi. Biroq, komplektatsiya va ehtiyot qismlar mavjudligi bois ishlab chiqarish jarayoni yana bir necha oy davom etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90806 | Инструменты