Huawei 1
UzAutoMotors bosh direktori ish haqining 5 foizi miqdorida jarimaga tortildi

UzAutoMotors bosh direktori Bu Inge Andersson ish haqining 5 foizi miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi korporativ axborot yagona portalida maʼlum qilingan.

Maʼlumotga ko‘ra, AJ bosh direktori UzAutoMotors Powertrain tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorliklarini o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini ko‘rmagan. 

Shu bois Bu Inge Anderssonga ish haqining 5 foiz miqdorida jarima tariqasidagi intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91905 | Инструменты