UzAuto Motors, O‘zmetkombinat va yana 29 ta korxonaning davlat aksiyalari xalqaro maslahatchilar ishtirokidagi auksionga qo‘yiladi. Bu haqda joriy yilning 21 aprel kuni qabul qilingan “Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni xalqaro bozorlarda xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qarorida so‘z boradi.
Qarorga ko‘ra, 29 ta davlat ishtirokidagi yirik korxona ustav kapitalidagi aksiyalar paketi (ulushlari) nufuzli xalqaro professional konsultantlarni jalb qilgan holda ommaviy savdolarga chiqariladi. 12 ta davlat ishtirokidagi yirik korxona ustav kapitalidagi aksiyalar paketining xalqaro va mahalliy fond bozorlarida birlamchi (IPO) va (yoki) ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifi o‘tkaziladi.
Quyida savdoga chiqariladigan korxonalar sotiladigan ulushi bilan keltirildi:
2025-yil 1-iyulgacha Energetika vazirligi yoqilg‘i yetkazib berishning eng kam miqdori bo‘yicha kafolati asosida xalqaro bozorda issiqlik elektr stansiyalarining ochiq ommaviy savdolarini e’lon qiladi.
Bundan tashqari, 2025-yil 1-dekabrga qadar 2030-yilgacha davlat korxonalarini isloh qilish va xususiylashtirish strategiyasi ishlab chiqilishi ta’minlanadi.
Davlat aktivlari agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgarlikda 2025-yil 1-dekabrga qadar professional konsultantlar, xalqaro moliya tashkilotlarining ekspertlarini jalb qilgan holda 2030-yilgacha davlat korxonalarini isloh qilish va xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqishi va Vazirlar Mahkamasiga kiritishi lozim.
Alpha version: 0.9.1.19 build 70316 | Инструменты