May oyi davomida Rossiyaning Maxachqalʼa shahridan Toshkentga parvozlar kechikishi mumkin, deb xabar berdi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.
Aviakompaniyaga ko‘ra, bu 1 maydan 31 maygacha bo‘lgan Maxachqalʼa — Toshkent reyslariga tegishli. Bu “Haj-2025” dasturining o‘tkazilishi va Maxachqalʼa xalqaro aeroportida yo‘lovchilar oqimining ko‘payishi bilan bog‘liq, deya tushuntirdi Uzbekistan Airways.
«Aeroportga yetib kelishni oldindan rejalashtirishni va parvozdan oldingi nazoratdan o‘tishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kechikishlarni inobatga olishingizni so‘raymiz», — deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты