Huawei 1
Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan 50% gacha chegirma e’lon qildi

Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan O'zbekistonning barcha aholisi uchun mahalliy aviaqatnovlarda barcha turdagi tariflarga 50% chegirma e’lon qiladi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Parvozlarga chegirmalar 2022-yil 1-sentabrdan 4-sentabrgacha bo‘lgan bayram kunlarida amal qiladi.

Qayd etilishicha, aviachiptalarni www.uzairways.com rasmiy saytida, Uzbekistan Airways Sales filialida va aviakompaniyaning agentlaridan xarid qilish mumkin.

Eslatib o'tamiz, bu yil Mustaqillik bayrami munosabati bilan O'zbekiston aholisi 4 kun ketma-ket dam oladi. Ushbu dam olish kunlari haftaning payshanbadan (1-sentyabr) yakshanba kunigacha (4-sentyabr) to'gri keladi.

Avvalroq, Uzbekistan Airways joriy yilning kuz mavsumidan Urganch – Rim – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni amalga oshirishni boshlashi haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90708 | Инструменты