Jizzax viloyati hokimligida o‘tgan uchrashuvda hududning qishloq xo‘jaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalar, jumladan, kosmik monitoring vositalarini joriy etish masalasi muhokama etildi.
Xususan, quyidagi yo‘nalishlar bo’yicha takliflar ko‘rib chiqildi:
- Qishloq xo‘jaligi yerlarining holatini masofadan turib monitoring qilish, ularning unumdorligini baholash, ekin maydonlarini aniqlik bilan kuzatish imkoniyatlari;
- “Ochiq portal” platformasi orqali real vaqt rejimida ma’lumotlarni shakllantirish, tahlil qilish va aniqlangan muammolarga tezkor choralar ko‘rish mexanizmlari;
- Noqonuniy va o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonlarini aniqlash bo‘yicha sun’iy yo‘ldosh tasvirlaridan foydalanish imkoniyatlari.
Uchrashuv yakuni bo‘yicha Jizzax viloyati hokimligi hamda Uzcosmos agentligi o‘rtasida viloyatda kosmik monitoring asosida yer resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etish yuzasidan hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41104 | Инструменты