Huawei 1
UzGTL Qashqadaryoda zamonaviy zavod quradi

Poytaxtimizda O'zbekiston neft va gaz sanoatida GTL loyihasi bo'yicha xalqaro kreditorlar yig'ilishi o'z ishini boshladi. Koreya Eksport-Import Banki, Koreya Savdo va Sug'urta Korporatsiyasi, “Gazprom” aksiyadorlik jamiyati, “Roseksimbank” aksiyadorlik jamiyati hamda Eksport kreditlari va investitsiyalarni sug'urtalash bo'yicha Rossiya agentligi vakillari mazkur yig'ilishda ishtirok etish uchun tashrif buyurishdi. Yig'ilish davomida Qashqadaryo viloyatida quriladigan zavod bo'yicha taqdimot ham o'tkazildi va bu borada xalqaro ekspertlarning fikri tinglandi.

Yig'ilishda loyihani moliyalashtirishning umumiy shartlari muhokama qilindi. Ushbu loyihaga ko'ra, “Sho'rtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metan asosida sintetik suyuq yoqilg'ini ishlab chiqarish” loyihasi doirasida Qashqadaryoda zamonaviy, xalqaro standarlarga javob beradigan zavod quriladi. GTL texnologiyasi bo'yicha ishlab chiqarishlar dunyo bo'ylab sanoqli bo'lib – faqatgina Janubiy Afrika Respublikasi, Malayziya va Qatarda mavjud. Taqdimot davomida qayd etilganidek, zavod yiliga 1,5 million tonnadan ortiq EVRO 5 standartiga mos yuqori sifatli sintetik suyuq yoqilg'ini ishlab chiqaradi. Hisob-kitoblarga ko'ra, loyihani amalga oshirish orqali 1,5 million tonnagacha mahsulot import o'rnini bosadi.

"O'zbekneftegaz" AJ Boshqaruv raisi birinchi o'rinbosari Ulug'bek Saidov: Davlatimiz rahbari mazkur loyihani ishga tushirish va shu yilning noyabr oyi oxiriga qadar investitsiyalarni jalb qilishni yakunlash bo'yicha topshiriq berganini barchangizga ma'lum qilishdan mamnunman. Ushbu uchrashuvimiz oldimizga qo'yilgan vazifalarni bajarishimizga turtki bo'ladi. Buning barchasi jamoaviy ish hisoblanadi va uning natijasi har birimizga bog'liq.

Yig'ilish davomida maslahatchilar, xorijlik mutaxassis va kreditorlarning fikri o'rganildi. Tashrif doirasida 1-noyabr kuni kreditorlardan iborat delegatsiya Qashqadaryo viloyatidagi UzGTL qurilish maydonida joylashgan ob'ektlarini borib ko'radi va yangi zavod qurilish jarayoni bilan tanishadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50110 | Инструменты