Huawei 1
"Uzreport TV" kanali "Oltin qalam" tanlovining bosh mukofotiga loyiq deb topildi

“Turkiston” saroyida jurnalistika sohasidagi 10-milliy mukofot “Oltin qalam” xalqaro tanlovining g'olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Butunjaxon matbuot erkinligi kuniga bag'ishlab o'tkazilgan  tadbirda OAV xodimlari,  senator a'zolari, deputatlar, yurtimizda akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik korpus hamda   xalqaro tashkilotlar  vakillari  va  boshqalar ishtirok etishdi.

Jurnalistika  og'ir va mashaqqatli kasb.  OAV  jamoatchilikni  voqea xodisalardan  vaqtida  xabordor etish barobarida    mamlakatda amalga oshirilayotgan islohatlar,jamiyatni  demokratlashtirish, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish, xalqning ma'naviyatini boyitishga  o'tkir qalami bilan hissa qo'shadi.  Milliy jurnalistikani rivojlantirish,  bu sohada qalam tebratayotgan  OAV  xodimlarini  rag'batlantirish, milliy va xalqaro jurnalistikaning eng yuksak yutuqlarini  ommalashtirish, OAV xodimlariga  fuqarolik pozitsiyalarini namoyon etishlari uchun sharoit yaratish hamda jurnalistlarda tanqidiy fikrlash va ijodiy faoliyatga yangicha yondashuvlarni shakllantirish maqsadida 2005 yilda  “Oltin qalam” xalqaro tanlovi  ta'sis etilgan.  Shu paytgacha  tanlovga   qariyb 4000 jurnalist tomonidan  51 000 material taqdim etilgan.  Ulardan   207 nafar milliy va xalqaro jurnalist ushbu mukofotga sazovor bo'lgan. Bu yil  mazkur mukofot  qalami va so'zi o'tkir,  dunyoqarashi va  ovozi  o'tkir  soha xodimlariga  o'ninchi  bor  topshirilishi.       

3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuniga bag'ishlangan ushbu  tanlovga  676 nafar ijodkor   tomonidan salkam 15 ming material  taqdim etildi.  Ularning 20 nafari  yoshi 70 dan oshgan  ustozlar, 150 nafari esa  30 yoshgacha bo'lgan yosh ijodkorlardir.  Tanlovga kelib tushgan ishlar taniqli jurnalistlar va  ekspertlar tomonidan  ko'rib chiqildi.   600 dan ziyod naminantlardan 13  nafari g'olib deb topildi.   Bosh mukofot va  12 ta asosiy mukofotdan tashqari  bu yil yana 2 ta  yangi  naminatsiya ta'sis etildi.   Unga ko'ra,  “Eng yaxshi matuot xizmati”  naminatsiyasida  “Oltin qalam”  mukofoti  bilan “O'zbekiston havo yo'llari” milliy  aviakompaniyasi matbuot xizmati  taqdirlandi.

“Eng yaxshi foto reportaj”  muallifi,   deb  “Ma'rifat gazetasi”  fotomuhbiri  Temur  Kaysarov topildi. 

21  asrda  axborot eng tez eskiradigan va eng qimmat mahsulotga aylandi. Tezligi, auditoriyasining ko'lami  jihatdan  internet jurnalistika bilan hech bir  OAV teglasha olmaydi.  Televideniye, radio, fotoni o'zida mujassam etgan  Internet jurnalistika bugun mamlakatimizda  tez sur'atlar bilan rivojlanib bormoqda.  O'tgan 5 yil  ichida O'zbekistonda  veb- saytlar soni  3 barobarga oshdi. Bugungi kunda 306 ta  internet portal ro'yxatdan o'tgan.  Tanlovning “ Internet jurnalistika” yo'nalishida  birinchi o'ringa  “Narodnoye slovo” gazetasi mas'ul kotibi  o'rinbosari  Rustam Kenjayev loyiq deb topildi.   “ Matbuot” yo'nalishi bo'yicha esa  Abbosxon Usmonov   “Eng yaxshi jurnalistik material” muallifi deb topildi va  milliy mukofot bilan taqdirlandi.

Tanlovning “Radio” yo'nalishida  birinchi o'ringa  EOAVMA loyiha  kordinatori  Nasiba  Fahriddinova, “Televideniye” yo'nalishida  birinchi  o'ringa  “Yoshlar” telekanali rejissyori  Ilmira  Mamajonova munosib deb topildi.

Tanlovning bosh  mukofoti  “Oltin qalam”  o'z faoliyatini  bundan 1 yil avval boshlagan, mustaqil, O'zbekistondagi birinchi  informatsion- tahliliy telekanal, biz ijod qilayotgan  “O'zreport TV “ kanaliga topshirildi.  Barcha sovrindorlar   Oltin qalam statuetkasi bilan    bilan birga maxsusa diplom,   ko'krak nishoni va pul mukofoti  bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, bir qator   tashkilotlar tomonidan ta'sis etilgan naminatsiyalar bo'yicha ham  g'oliblar taqdirlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122418 | Инструменты