Huawei 1
UZREPORT TV mualliflik va turdosh huquqlar buzilganlik da'vosi bo‘yicha "Beeline"ni sudda yutdi

28 iyun kuni Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi Vitaliy Li raisligida "UZREPORT" MChJning "UNITEL" MChJga (Beeline savdo belgisiga egalik qiladi) nisbatan da'vosini to'liq qanoatlantirish to'g'risida qaror qabul qilindi.

Sudning Qaroriga ko'ra, javobgar «UNITEL» MCHJga “Beeline TV” mobil ilovasidan «UZREPORT TV»  hamda «FUTBOL TV» telekanallarini olib tashlash, kelgusida ushbu telekanallarni MCHJ “UZREPORT” axborot agentligi bilan shartnoma tuzmasdan namoyish etmaslik majburiyati yuklandi.

Alisher Azimov, Uzreport TV bosh muharririning 1-o'rinbosari: «Telekanalimizning Beeline’ga qarshi da'vosini to'liq qondirish to'g'risidagi sud qarorini, albatta, biz xolis va adolatli deb hisoblaymiz. Mualliflik huquqini himoya qilish davlat siyosatining ajralmas qismi sifatida ustuvor yo'nalish bo'lib, buni mamlakatimiz Prezidentining ushbu masalaga qaratayotgan e'tiborlari ham tasdiqlaydi. 

"Agar biz intellektual mulkni himoya qilishni kuchaytirsak, bu uchinchi Renessans davri uchun ham poydevor bo'lib xizmat qiladi", dedi Shavkat Mirziyoyev mualliflik huquqini himoya qilishga bag'ishlangan yig'ilishda. Bizning ishimizga kelsak, Uzreport sudda aniqlangan holatlarga asoslanib, hozirda «UNITEL» MCHJ ga, shuningdek, "O'zbekiston Kabel Televideniyasi" MChJga nisbatan ushbu kompaniyalarning noqonuniy xatti-harakatlari natijasida yetkazilgan moddiy zararni undirish to'g'risida da'vo arizasi tayyorlamoqda"

Ma'lumotnoma: "UZREPORT" MChJ AA "Unitel" MChJga (Beeline savdo belgisiga egalik qiladi) nisbatan sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilgan. Da'vo arizasida Unitel MChJ tegishli shartnoma tuzmasdan, UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallarini Beeline TV mobil ilovasida  translyatsiya qilish bilan shug'ullanayotgani va moddiy manfaat ko'rayotganligi ta'kidlangan. Shu tariqa, uyali aloqa operatori moddiy manfaatlar olish bilan birga telekanallarning mualliflik huquqini qo'pol ravishda buzgan.

Izohlar: 7
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20205 | Инструменты