Joriy yilning 2 may kuni "Turkiston" saroyida jurnalistika sohasidagi "Oltin qalam" IX Milliy mukofoti g'oliblarini taqdirlashga bag'ishlangan tantanali marosim bo'lib o'tdi. Bu yilgi tanlovda 490 dan ortiq jurnalist 7500 ga yaqin ijodiy ishi bilan qatnashdi.
Joriy yilning 2 may kuni "Turkiston" saroyida jurnalistika sohasidagi "Oltin qalam" IX Milliy mukofoti g'oliblarini taqdirlashga bag'ishlangan tantanali marosim bo'lib o'tdi. Bu yilgi tanlovda 490 dan ortiq jurnalist 7500 ga yaqin ijodiy ishi bilan qatnashdi. Ular orasidan bosh milliy mukofot sohibi, shuningdek, televideniye. radio, bosma ommaviy axborot vositalari va internet-jurnalistika yo'nalishlari bo'yicha g'oliblar aniqlandi. Tantanali marosimda har bir yo'nalish bo'yicha g'oliblarga mukofotlar topshirildi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Jahon matbuot erkinligi kuniga bag'ishlab ta'sis etilgan mazkur tanlov O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi hamda Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi tomonidan Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Elektron OAV milliy assotsiatsiyasi, Milliy teleradiokompaniya, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O'zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi va "UzReport” Axborot agentligi bilan hamkorlikda o'tkazib kelinmoqda. Tanlov xalqaro jurnalistikaning eng yuksak yutuqlarini keng ommalashtirish, OAV xodimlarining fuqarolik pozitsiyalarini namoyon etishlari hamda jurnalistlarda tanqidiy fikrlashni va o'z faoliyatlariga yangicha yondashuvni shakllantirish, soha hodimlarining jamiyatdagi faolligini oshirish va ularni qo'llab-quvvatlashda muhim omil bo'lmoqda.
Ma'lumot o'rnida aytish joiz, mamlakat milliy mediamuhitida eng nufuzli bo'lgan bu tanlovda o'tgan yillar davomida 3500 ga yaqin jurnalist 44 000dan ortiq ijtimoiy ahamiyatga molik materiali bilan qatnashdi. Hozirgacha o'tkazilgan sakkizta tanlovda 194 nafar jurnalist "Oltin qalam" milliy mukofoti sohibi bo'ldi. Shuningdek, 48 ta ijodkor mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan nufuzli xalqaro tashkilotlarning mukofotlar bilan taqdirlandi.
Shu o'rinda "Oltin qalam" Milliy mukofoti xalqaro tanlovi xalqaro tashkilotlarda ham yil sayin katta qiziqish uyg'otayotganini ta'kidlash lozim.
Tanlovni o'tkazish, g'oliblarni taqdirlash bilan bog'liq sarf-xarajatlar uchun mablag' O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan ajratildi. Tadbir doirasida taniqli san'at ustalari, o'zbek milliy estradasining yulduzlari va yosh san'atkorlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.
Tantanali marosimda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, turli vazirlik va idoralar, jamoat va xalqaro tashkilotlarning vakillari, sohada uzoq yillardan beri samarali faoliyat yuritib kelayotgan jurnalistlar, Toshkent shahridagi oliy o'quv yurtlarining jurnalistika fakultetlari professor-o'qituvchilari, talaba yoshlar ishtirok etishdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90314 | Инструменты