Huawei 1
“V International Pahlavon Mahmud Strongmen Games” xalqaro turniri g‘oliblari taqdirlandi

Joriy yilning 12-13-iyun kunlari Xiva shahrida yaqinda ishga tushirilgan “Arda Xiva” turizm majmuasida “V International Pahlavon Mahmud Strongmen Games” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.

17 davlatdan tashrif buyurgan 22 nafar sportchilar musobaqaning oxirgi kunida, dastlab, Tegirmonchi vazifasida ustunni ko‘tarib aylana hosil qilish hamda yetarli og‘irlikdagi toshlarni eng ko‘p ko‘tarish yo‘nalishlarida kurash olib borishdi.

Shundan so‘ng, musobaqaning yakuniy shartlari “Ichan qal’a” majmuasida tashkil etilib, unda dunyo pahlavonlari ikki qo‘lda Xivaning qadimiy ustunlarini ushlab turish va qilichni vertikal ushlab turish shartlari bo‘yicha bahslashishdi.

Barcha shartlar yakunlangach, natijalar sarhisob qilinib, g‘olib va sovrindorlar aniqlandi hamda tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. Musobaqa yakuniga ko‘ra:

1-o‘rin: Reza Geyitasi (Eron), 2-o‘rin. Muxammad-Ali To‘xtamatov (O‘zbekiston), 3-o‘rin Yokubaytis Audrius (Litva) mukofotlandi.

Bundan tashqari barcha sportchilar o‘z ishtiroklari natijalariga ko‘ra turli miqdordagi mukofot pullari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82904 | Инструменты