“Vatandoshlar” jamoat fondi tashkil etildi
“Vatandoshlar” jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5220-son, 11.08.2021 y.) qabul qilindi
Qaror bilan nodavlat notijorat tashkiloti – “Vatandoshlar” jamoat fondi (Fond) tashkil etildi hamda uning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.
Fond, jumladan:
● xorijda yashayotgan vatandoshlarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga ko‘maklashadi;
● xorijda murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlaydi.
Fondni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan dastlabki mablag‘ sifatida 5 milliard so‘m miqdorda mablag‘ ajratiladi.
Qarorga ko‘ra, xorijda yashayotgan vatandoshlar O‘zbekistondagi OTMlarga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish shartlariga ko‘ra O‘zbekiston fuqarolariga tenglashtiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112214 | Инструменты